"Milan" Bakayokoning ijarasini muddatidan oldin to'xtatmoqchi

Alisher
22 apr 2022
Yarim himoyachi Temue Bakayoko "Milan"ni rejalashtirilgan muddatdan bir yil erta tark etishi mumkin.

27 yoshli futbolchi "Chelsi"ga tegishli. U o'tgan yilning avgustida "Milan"ga ikki yillik ijara asosida o'tgandi. "Rossoneri"da o'yinchini xarid qilish huquqi ham bor.

Ammo, "Milan" Bakayokoni nafaqat xarid qilishni rejalashtirmayapti, balki uni joriy mavsum so'nggida "Chelsi"ga qaytarmoqchi - bitimda ko'rsatilganidan bir yil erta.

Bakayoko "Milan" tarkibida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushdi. Uning ijarasi klubga 2 mln evroga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato