"Milan" Azmundan ko'ra Yovichni afzal ko'rmoqda

Mirjalol Normatov
31 may 2020, 14:10
"Milan" yozgi transferlar oynasi vaqtida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, ayni damda milanliklar short-listidan "Zenit" forvardi Sardor Azmun ham o'rin olgan. Ammo klubning asosiy maqsadi - "Real" hujumchisi Luka Yovich bo'lib turibdi.

O'tgan yozda Yovich "Ayntraxt"dan "Real"ga o'tgandi. Ammo u kutilgan ishonchni oqlay olmadi.

Azmunga esa "Napoli" da'vogar bo'lib turibdi. Neapolliklar bu borada muzokaralar ham olib borishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport