Milan antirekordlar o'rnatishda davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
26 noya 2017, 23:03
Milan Italiya A seriyasi 14-turida o'z uyida Torino bilan durang o'ynadi (0:0).

Rossonerlar Italiya A seriyasida o'z maydonida oxirgi to'rtta o'yinda gol ura olishmadi.

Bu klub antirekordi hisoblanadi. Milanliklar 1984 va 2007 yillarda ham qatorasiga to'rtta uy o'yinida raqib darvozasiga yo'l topa olishmagandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive