"Milan" angliyalik futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
24 yanv 2020, 12:17
"Uigan" himoyachisi Entoni Robinson faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Milan" 22 yoshli angliyalik futbolchiga qiziqish bildirgan va Italiya klubi "Uigan"ga 11 million evro miqdoridagi taklifni berishga tayyor.

Robinson joriy mavsum Chempionshipda "Uigan" safida 28ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchi faoliyatini "Everton"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun