"Chelsi" klubi yarim himoyachisi Jon Obi Mikelning agenti Jon Shittu futbolchiga "Inter" qiziqayotganini tasdiqladi.
- Obi Mikel - mashhur va sovrindor futbolchi. Ha, uning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi bor, ammo "Inter" Jonga haqiqatdan ham qiziqish bildirmoqda, - deydi agent FCInterNews nashriga.