

Tadbir shu yilning 2 dekabr kuni Bekobod shahridagi madaniyat saroyida bo'lib o'tadi. O'zbekiston futbol federatsiyasi mas'ul xodimi Alisher Fayzievning ma'lum qilishicha anjumanga O'FF hamda PFL rahbarlari tashrif buyurishadi. Federatsiya tomonidan qizlarga diplomlar, medallar tayyorlab qo'yilgan.0
Taqdirlash marosimi soat 11:00 da boshlanadi. Rasmiy bo'lim yakunlangach marosim mehmonlari, “Metallurg-W” klubi rahbariyati va futbolchi qizlar bayram dasturxoniga taklif etiladi.




