

Futbolchilarimiz “Kimyogar” stadionida dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishayapti.
Mazkur yig'in davomida asosiy e'tibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini tiklashga qaratiladi. Yig'in 30 dekabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Aynan o'sha kuni “Metallurg” nazorat uchrashuvi o'tkazadi va keyin futbolchilarga Yangi yil bayrami munosabati bilan kichik tatil beriladi. Nazorat uchrashuvi yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final raundiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasiga qarshi o'tkazilishi kutilmoqda. O'yin o'tadigan manzil va vaqti haqida qo'shimcha ma'lumot beramiz.
Chirchiq shahrida boshlangan yig'inga shtgan yilgi tarkibda to'p surgan futbolchilarning barchasi va ijara asosida boshqa klublarda o'ynagan futbolchilarimiz ham yetib kelishgan. O'z navbatida 25 dekabr sanasida “Metallurg” jamoasi a'zolari futbolchilarning jismoniy holati bo'yicha O'zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlarini topshirishadi.




