

"Obod" jamoasiga qadar "Metallurg" o'z tarixida Toshkentda bir martadan "Traktor" va "Quruvchi" (hozirgi "Bunyodkor") jamoalarini mag'lubiyatga uchratgandi. O'n yillik tanaffusdan keyin nihoyat "Obod" jamoasi 4:1 hisobida dog'da qoldirildi.
Muxlislarimiz albatta "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari bilan ham safar uchrashuvlarida g'alaba kutib qoladi.
“Metallurg”ning Toshkentdagi yutuqlari:
2005 yil. "Traktor" - "Metallurg" – 1:2
2007 yil. "Quruvchi" - "Metallurg" – 1:2
2017 yil. "Obod" - "Metallurg" – 1:4
"Metallurg" matbuot xizmati




