“Metallurg” FK “Futbol qoidalaridagi o'zgarishlar” bilan tanishtirildi

Tolibjon Qosimov
1 fev 2017, 07:31
Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi futbol qoidalariga bir qator juziy o'zgarishlar kiritganidan xabaringiz bor.
Aynan FIFAning ko'rsatmalari asosida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan taniqli hakamlar hamda instruktorlar millionlar o'yini sohasida faoliyat yuritayotgan klublar, jamoalar, OAV vakillari uchun semenarlar tashkil etishayapti. Xuddi shunday tadbirlarda biri “Metallurg” futbol klubining yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan qarorgohi – Chirchiq shahrida bo'lib o'tdi. Semenarni FIFA referisi Vladislav Seytlin olib bordi. U “Futbol qoidalaridagi o'zgarishlar” mavzusida maruza qildi, futbolchilarni, jamoa murabbiylarini qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” akademiyasi  futbol maydonida “Metallurg” yoshlar tarkibi mezbonlarning yoshlar tarkibiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Ikki kundan keyin esa bekobodliklarning asosiy tarkibi “Bunyodkor” yoshlariga qarshi to'p suradi. 5 fevral sanasida esa “Metallurg” o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketadi.

"Metallurg" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia