

Xususan, FIFA nazoratchisi Vladislav Seytlin BAA mezbonlik qiladigan G guruhi bahslarida ishlash uchun taklif etilgan.
O'zbekistonlik mutaxassis bugun bo'lib o'tadigan Vetnam – Indoneziya uchrashuviga hakamlar nazoratchisi etib tayinlandi.
Uchrashuv Dubay shahridagi “Al Maktum” stadionida yurtimiz vaqti bilan soat 21.45 da start oladi.



