

Rustam Mirsodiqov boshqaruvidagi jamoa ikkinchi davraga yanada puxta tayyorgarlik ko'rish uchun ayni paytda mashg'ulotlarga zo'r bermoqda. "Metallurg" murabbiylar shtabi futbolchilarni 9 iyuldan yig'ishga qaror qilgan. Shu kundan boshlab jamoa Chorvoqdagi "Metallurg" dam olish oromgohida mashg'ulotlarga kirishgan. Chorvoqda bazida kuniga ikki mahal, ayrim kunlarda bir mahaldan mashg'ulot olib borilmoqla.
Ma'lum muddat jarohati bois o'yinlarda ishtirok eta olmagan Mamur Ikromov safga qaytdi. Mahoratli posbon yakka tartibda, maxsus dastur asosida shug'ullanmoqda.
Tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar yo'q. Shuning bilan birga hech qaysi futbolchi ham jamoani tark etmagan.
Aytishlaricha "Metallurg" Chorvoqda iyul oyining so'nggiga qadar bo'ladi.
Islombek Rustambekov



