"Metallurg" bugun ikkita o'yin o'tkazadi. Bitta raqib xorijdan

Narzulla Saydullayev
25 fev 2024
Turkiyadagi qishki yig'indan so'ng “Metallurg” futbolchilari 23 fevral sanasida Bekoboddagi qarorgohida jamlandi va mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichiga kirishdi.

Mashg'ulotlar jamoa qarorgohi trenajer zali hamda “Metallurg” markaziy stadionida olib borilmoqda. Bugun Vesko Steshevich shogirdlari ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi. Birinchi uchrashuv OKMK U21 jamoasiga qarshi bo'lib o'tsa, ikkinchi bahs xalqaro o'yin maqomiga ega. Raqib Tojikistonning “Xo'jand” futbol klubidir.

Ma'lumot uchun, "Metallurg" Superliganing 1-turini Toshkentda "Lokomotiv" klubiga qarshi o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Металлург” матбуот хизмати