“Metallurg”: Barcha futbolchilarimiz test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tishdi

Narzulla Saydullayev
7 mar 2019, 10:17
1-tur oldidan “Metallurg” futbol klubining turli sabablar bilan O'zbekiston futbol federatsiyasi test sinovlaridan o'ta olmagan futbolchilari qayta imtihondan o'tkazildi.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozim, bu safar sinovdan o'ta olmaganlar bo'lmadi. “Metallurg” Termiz safariga to'liq tarkib bilan yo'l oladi. Yoshlar ertaga Termiz sari yo'lga tushishsa, asosiy tarkib futbolchilari 9 mart kuni parvoz etishadi.

Eslatib o'tamiz, “Surxon” – “Metallurg” uchrashuvi 10 mart kuni soat 14:00 da “Surxon” sport majmuasida bo'lib o'tadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Металлург” матбуот хизмати