Messining tug'ilgan kunida 3,5 kg.li tort va chinnidan tayyorlangan jahon kubogini sovg'a qilishadi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2018, 15:20
24 iyun kuni "Barselona" va Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi 31 yoshga to'ladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Messi tug'ilgan kunida 3,5 kg.li tort va chinnidan tayyorlangan jahon chempionati kubogi sovg'a qilinadi.

Ayni damda Messi Argentina terma jamoasi bilan Rossiyada o'tayotgan jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Bugun, 21 iyun kuni argentinaliklar Xorvatiyaga qarshi 2-tur uchrashuvini o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: mst.mosreg.ru