"Messi yopiq inson edi"

Aziz Tukhtamuradov
14 iyul 2023, 09:35
"Barsa"da to'p tepgan ukrainalik futbolchi Dmitriy Chigrinskiy Messi va Zlatan Ibragimovichni solishtirdi.

"Messi jiddiy va yopiq inson edi. Ibragimovich esa aksincha, doimo quvnoq va hazilkash. U men ko'rgan eng kuchli futbolchilardan biri bo'lgan. Zlatan doimo g'alaba qozonishni istardi va dunyoning eng zo'ri ekanligiga ishonardi. Biz u bilan yaxshi munosabatda edik. U bir necha marotaba meni mashg'ulotga olib borib qo'ygan. Messi esa vazmin, lekin mashg'ulotlarda haqiqiy vahshiyga aylanardi - uning ko'zlarida g'alabaga bo'lgan chanqoqni ko'rardingiz", - dedi Chigrinskiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Український футбол