Messi, Xoland va Mbappe - "Oltin to'p" uchun TOP-3 nomzod

Omonjon To`xtamirzayev
6 sen 2023, 16:59
"Goal" portali o'z versiyasiga ko'ra, "Oltin to'p" uchun nomzodlar uchligini ma'lum qildi.

Favorit sifatida "Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi ko'rsatilmoqda. Reytingning ikkinchi pog'onasida "Manchester Siti" forvardi Erling Xoland bo'lsa, kuchli uchlikni PSJdan Kilian Mbappe yakunlab bermoqda.

Eslatib o'tamiz, "France Football" "Oltin to'p" uchun nomzodlarni 6 sentyabr kuni e'lon qiladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal