Messi va Ronaldu "Oltin to'p" uchligida bo'lmaydi

Aslanov Jasurbek
23 noya 2018, 13:25
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" forvardi Lionel Messi "Oltin to'p"ning yakuniy uchligidan joy olmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu sovrinning besh karra sohiblari bu sovrin uchun asosiy da'vogar emas. "Oltin to'p" uchun kuchli uchlikni PSJ hujumchisi Kilian Mbappe, "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich va "Qirollik klubi" himoyachisi Rafael Varan tashkil qiladi.

Rossiyada o'tgan jahon chempionatida Varan va Mbappe Fransiya terma jamoasi finalda Modrich to'p tepadigan Xorvatiyani mag'lub etib, oltin medallarni qo'lga kiritdi. Bahorda Rafal va Luka "Real" safida Chempionlar ligasi g'olibiga aylanishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport