

Lionel Messining sog'lig'i bilan bog'liq noqulayliklar yuzaga kelgan. Murabbiylar shtabi jamoa yetakchisiga dam berishi mumkin edi, ammo Luis Suares va Usmon Dembelening jiddiy jarohatga yo'liqishi bunga imkon bermadi. Natijada Messi og'riqni engib, maydonga chiqishga majbur bo'lgan.
Takidlanishicha, argentinalik futbolchi Ispaniya kubogi 1/4 final bosqichiga qadar tiklanadi, ammo u o'zida charchoq alomatlarini his qilmoqda. Yangi murabbiyning mashg'ulotlari hujumchiga salbiy ta’sir o'tkazmoqda.

Ma'lumot uchun, "Atletik" - "Barselona" uchrashuvi 7 fevral, Toshkent vaqti bilan 01:00da o'tkaziladi.



