Messi o'yindan urilgan gollar bo'yicha Ronaldudan ilgarilab ketdi

22 mar 2021, 20:55
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi "Real Sosedad" (6:1) jamoasiga qarshi bahsda dublga erishdi.

Bu uning faoliyatidagi 733 hamda 734-gollari bo'ldi. E'tiborli jihati shundaki, Messi penaltidan kiritilgan to'plarni hisoblamaganda gollar soni bo'yicha "Yuventus" farvardi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. Bu haqda ESPN nashri ma'lumot tarqatmoqda. Ularning statistikasi quyidagicha:

Messi 637 bor o'yindan, 97 bor 11 metrlik jarima zarbasidan gol urgan (umumiy 734 ta).

Ronaldu esa 635 bor o'yindan, 135 marta penaltidan to'p kiritgan (umumiy 770 ta).

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN