Messi: “Menga JCH-2018 rasmiy to'pi juda yoqdi”

9 noya 2017, 23:01
“Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2018 rasmiy to'pi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Argentinalik futbolchi bugun Moskvada JCH-2018 rasmiy to'pining taqdimot marosimida ishtirok etdi.

“Yangi to'p menga juda maqul bo'ldi. Uni maydonda sinab ko'rishni sabrsizlik bilan kutaman”, deydi Messi.

Adidas tomonidan o'tkazilgan taqdimot marosimida Zinedin Zidan, Xabi Alonso, Kaka, Alessandro Del Pero singari yulduzlar ishtirok etishdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com