Messi La Liga to'purari bo'lish bo'yicha rekord o'rnatdi

20 iyul 2020, 09:28
“Barselona” hujumchisidan navbatdagi rekord.

Leo Messi La Liga joriy mavsumida 33 ta o'yinda qatnashib, 25 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Argentinalik futbolchi shu tariqa 7-bor La Ligada mavsumning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Bu rekord hisoblanadi. Avvalgi rekordni Messi Telmo Sarra bilan bo'lishib turgandi (6 martadan). Messi La Ligada ketma-ket 4 mavsumdan beri to'purarlikni hech kimga bermay kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta