Messi "Kamp Nou"ga kelib, stadionga kirish uchun shaxsan ruxsat so'radi

Aslanov Jasurbek
10 noya 2025, 20:42
"Inter Mayami" forvardi Lionel Messi shaxsan "Kamp Nou" xodimlaridan uni stadionga kiritishlarini so'ragan.

Kecha 38 yoshli Argentina terma jamoasi hujumchisi, 2021 yilgacha "Barselona" safida o'ynagan Messi, ta'mirda bo'lib turgan klubning uy stadioniga tashrif buyurdi va bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yozdi:

"Bu joyni butun qalbim bilan sog'indim. Bir kuni qaytib kelaman deb umid qilaman - faqat xayrlashish uchun emas", - deb yozdi u.


El Partidazo de COPE ma'lumoticha, Messi stadionga shaxsan borgan va xodimlardan uni kiritishga ruxsat so'ragan.

"Barselona" esa unga ruxsat bergan va quyidagicha baѐnot bergan: "Messi doimo "Barselona"da eng qadrli va iliq qabul qilinadigan mehmon bo'lib qoladi."

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Partidazo de COPE