Messi “Kamp Nou”dagi yubiley g'alabasiga erishdi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2020, 08:46
“Barselona” La Liga doirasida “Real Sosedad”ni o'z uyida qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu bahs Leo Messi uchun o'ziga xos yubiley vazifasini bajardi. Messining “Kamp Nou”dagi g'alabalari (barcha musobaqalar) 300 taga etdi.

Messi bu g'alabalardan 211 tasini La Liga doirasida, 53 tasini YCHL, 30 tasini Ispaniya Kubogi va 6 tasini Ispaniya Superkubogi doirasida qo'lga kiritgan.

Messi 2004 yildan beri “Barselona” sharafini himoya qilib keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta