Messi JCHda Ronaldoning rekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
14 dek 2022, 09:30
Qatardagi mundial dastlabki yarim finalida Argentina TJ qiyinchiliksiz Xorvatiyani (3:0) engib, hal qiluvchi uchrashuvga yo'l oldi.

Mazkur bahsda Lionel Messi penaltidan hisobni ochdi va uchinchi golda jamoadoshi Xulian Alvaresga chiroyli pas berdi. Messi mundialda 13 ta o'yinda gol yoki assistga erishib, bu borada braziliyalik Ronaldoning rekordini takrorlashga erishdi. 

Eslatib o'tamiz, bu kabi statistika 1966 yildan beri yuritib kelinadi. Messida 11 ta gol va 8 ta pas bor. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta