Messi Braziliyaga qarshi o'ynashi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 noya 2021, 21:31
Lionel Messi shanba oqshomida PSJning "Bordo"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.

Parij klubi rasmiy saytida argentinalik forvard tizzasi va son mushaklaridagi og'riqlar tufayli davolanishni davom ettirayotgani haqida ma'lumot e'lon qilindi.

Shu bilan birga Messi Argentina terma jamoasining noyabr yig'iniga boradi. Bu haqda PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino juma kungi matbuot anjumanida jurnalistlarga ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, Messi Urugvayga qarshi o'yinni (13 noyabrga o'tar kechasi) o'tkazib yuborish ehtimoli bor, biroq u Braziliyaga qarshi maydonga tushishi mumkin (17 noyabrga o'tar kechasi o'tkaziladi).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport