Messi "Barselona"ga to'rt futbolchi olib kelinishini istaydi

Mirjalol Normatov
18 noya 2018, 19:25
"Barselona" sardori Leo Messi klub rahbariyatiga bir necha futbolchini transfer qilish borasida iltimos bilan chiqdi.

"Don Balon" xabariga ko'ra, argentinalik forvard jamoaga himoyachi Jibril Sidibe ("Monako"), hujumchi Kshishtof Pyontek ("Jenoa"), vingerlar Eden Azar ("Chelsi") yoki Muhammad Saloh ("Liverpul") kabi futbolchilardan birini olib kelish kerakligini rahbariyatga aytib o'tgan. Ularning biri Usmon Dembelening o'rnida harakat qiladi.

Hisoblab chiqadigan bo'lsa, "Barselona" ushbu transferlar uchun 300 mln evro sarflashi kerak. Biroq bu moliyaviy feyr-pleyga to'g'ri kelmaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Don Balon