Messi "Barselona"ga bir futbolchini sotib olishni maslahat berdi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2018, 12:27
"Boka Xuniors" hujumchisi Kristian Pavon yozda Yevropaga ko'chib o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" forvardi Lionel Messi klub rahbariyatiga yosh argentinalikka e'tibor qaratishni aytgan. Bu ikki futbolchi milliy terma jamoada birga o'ynashgan.

Oldinroq, Messi Pavon haqida iliq fikr bildirgan edi: "Pavon men uchun ajoyib jamoadoshga aylandi. U yaxshi futbolchi. Pavon tezkor, to'g'ri qaror qabul qila oladi va butun tarkibdan ajralib turadi".

22 yoshli Pavon Argentina chempionatining so'nggi mavsumida 26ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 11ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS