Messi "Arsenal"ga qarshi bahsda "Barselona"ning rasmiy turnirlardagi 10 000-golini urdi

Aslanov Jasurbek
24 fev 2016, 15:49
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Arsenal"ga qarshi bahsda Kataloniya klubining rasmiy uchrashuvlardagi 10 minginchi golini urdi.

Leoning "Arsenal" darvozasiga urgan ikkinchi goli "Barselona"ning yubiley goliga aylandi.

Bu natijaga erishish uchun ko'k-anorranglilarga 4375 ta o'yin kerak bo'ldi. Shunday qilib, kataloniyaliklar har o'yinda o'rtacha 2,28 ta gol urishyapti. Messi "Barselona" tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U Kataloniya klubi safida 441 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com