

"Jamoamiz sardori Per Mertezaker bir yildan so'ng akademiyamiz murabbiy bo'lishini e'lon qilishdan xursandmiz. Yangi mavsumda u jamoamizning bir qismi bo'ladi, shu bilan birga akademiyada o'z bilimlarini oshirib boradi" - deyiladi klub rasmiy bayonotida.
Per Mertezaker 2011 yildan beri "Arsenal"da to'p tepadi. 32 yoshli futbolchining shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.



