Mersisayd derbisi o'tkazilmasligi mumkin. Muxlislar ogohlantirildi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2024, 12:26
"Liverpul" va "Everton" o'z muxlislariga bir xil bayonot bilan murojaat qilishdi.

"Shanba kuni o'tkaziladigan "Gudison Park"dagi derbiga uzoq yo'l bosib keladigan muxlislar metereologik xizmatning ob-havo haqidagi yangiliklarini diqqat bilan kuzatishni tavsiya qilamiz.

Metereologik xizmat shanba kechasi Mersisaydd kuchli shamol bo'lishi va bu yakshanba tongigacha davom etishini xabar berishdi.

Uzoq yo'l bosib keladigan muxlislar ob-havo haqidagi yangiliklardan so'ng ehtiyot bo'lish so'raladi" - deyiladi klublar bayonotida.

Darrag nomli bo'ron hozirgacha quyi ligalarning bir nechta o'yinini bekor qilishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail