"Men bu yerda baxtliman". Oblak "Atletiko"dan kyetish haqida o'ylamayapti

Alisher
31 may 2021
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak Madrid klubi bilan ikki yildan so'ng shartnomasi yakunlanishidan xavotirga tushmaydi.

28 yoshli sloveniyalik "matraschilar" tarkibidagi eng ko'p haq oladigan futbolchidir, uning tovon puli 120 mln evroni tashkil etadi. Ammo, bu narx Yevropaning top-klublarini hayron qoldirmaydi va vaqti-vaqti bilan uning nomzodini ko'rib chiqishadi.

"Men kelajakni ko'ra olmayman, men ham, klub ham, boshqalar ham. Barchasi ko'plab faktorlarga bog'liq bo'ladi, masalan, klub futbolchini sotishi kerakmi yoki yo'q.

Men 7 yildan beri "Atletiko"daman, bu yerda 300dan ortiq o'yin o'tkazdim. La Ligani yutdim, boshqa hech narsa haqida o'ylashni istamayman. Men bu yerda baxtliman", - deydi Oblak.


AlisherMuallif
Manba: Marca