Meksika terma jamoasining "Konfederatsiyalar Kubogi-2017"da qatnashadigan tarkibi ma'lum bo'ldi

Tolibjon Qosimov
8 iyun 2017, 20:14
Meksika murabbiylar shtabi Rossiyada bo'lib o'tadigan "Konfederatsiyalar Kubogi"da ishtirok etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi.

Tarkib quyidagicha ko'rinish olgan:

Darvozabonlar: Gilermo Ochoa ("Granada", Ispaniya), Rodolfo Kota ("Gvadalaxara"), Alfredo Talavera ("Toluka");

Himoyachilar: Alanis Osvaldo ("Gvadalaxara"), Nestor Arauxo ("Santos Laguna"), Rafael Markes, Luis Reyes (ikkisi - "Atlas"), Ektor Moreno (PSV, Gollandiya), Diego Reyes ("Espanol", Ispaniya), Karlos Salsedo ("Fiorentina", Italiya);

Yarim himoyachilar: Jonatan dos Santos ("Vilyarreal", Ispaniya), Andres Guardado (PSV, Gollandiya), Ektor Errera, Migel Layyun (ikkisi - "Portu", Portugaliya);

Hujumchilar: Xaver Akino ("UANL Tigres"), Xesus Manuel Korona ("Portu", Portugaliya), Jovani dos Santos ("Los-Anjeles Gelaksi", AQSH), Marko Fabian ("Ayntraxt", Germaniya), Xaver Ernandes ("Bayer", Germaniya), Raul Ximenes ("Benfika", Portugaliya), Irving Losano ("Pachuka"), Oribe Peralta ("Amerika"), Karlos Vela ("Real Sosedad", Ispaniya).

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: femexfut.org.mx