MDH o'yinlari. O'zbekiston bronza medalini qo'lga kiritdi

Aziz Tukhtamuradov
11 sen 2021, 17:46
Rossiyaning Qozon shahrida MDH o'yinlari yakuniga etdi.

Bugun musobaqaning futzal bo'yicha bahslarida medallar uchun o'yinlar o'tkazildi. Bronza medali uchun bahsda O'zbekiston U-20 terma jamoasi Qirg'iziston U-20 terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli kechgan bahsda yigitlarimiz 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi va bronza medallariga sazovor bo'lishdi. 

MDH o'yinlari. Qozon

"Miras" arenasi. Bronza medali uchun bahs

O'zbekiston U-20 - Qirg'iziston U-20 4:3

O'zbekiston tarkibi: Kamol Nazarov, Qosimjon Safarov, Daler Eshonqulov, Shahram Faxriddinov, Nurillo Toshtemirov.

Zaxira: Umidjon Mahramov, Timur Salimov, Muhammadyusuf Muhammadjonov, Damir Mamadoliev, Abdusattor Abdurahmonov, Samandar Murodqulov.

Murabbiy: Furqat Hayrullaev. 

Terma jamoamiz safida Daler Eshonqulov, Qosimjon Safarov, Kamol Nazarov va Timur Salimov gol urishga muvaffaq bo'ldi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia