Mbappening qachon "Real"ga o'tishini e'lon qilishi ma'lum!

Alisher
4 fev 2024
PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettiradi.

Jurnalist Laurens Julen bitim qachon e'lon qilishini ma'lum qildi. Unga ko'ra, 25 yoshli hujumchi keyingi hafta "qirollik klubi" bilan shartnoma imzolaganini e'lon qiladi.

Mbappe joriy mavsum parijliklar safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/LaurensJulien