Mbappe – so'nggi 45 mavsumda 50 ta gol urgan Liga 1 ning eng yosh futbolchisi

24 fev 2019, 00:23
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya cheihmpionati 26-turidan o'rin olgan "Nim"ga qarshi uchrashuvda (3:0) dubl qayd etdi.

Fransiyalik forvard Liga 1dagi 51-o'yinida yubiley 50-golini kiritdi. U PSJ tarkibida 35 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, "Monako" safida 16 ta gol urgan.

Mbappe oxirgi 45 mavsumdagi rekordni yangilab, bu borada eng yosh futbolchi bo'ldi (20 yosh, 64 kunlik). Ikkinchi o'rinda Yannik Stopira (21 yosh, 341 kun), uchinchi pog'onada esa Djibril Sisse bomoqda (22 yosh, 54 kun).

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/OptaJean