

Xabar berishlaricha, Kilian Mbappe WME Sports gollivud agentligi o'zining Zebra Valley prodyuserlik kompaniyasini yo'lga qo'yish bo'yicha hamkorlik shartnomasini imzolagan.
Fransiyalik forvardning kompaniyasi Los-Anjelesda joylashgan bo'ladi. U sport, musiqa, madaniyat, texnologiya va videoo'yinlarga yo'naltirilgan kontent yaratishga intiladi. Qayd etilishicha, kontent yoshlarning o'z yo'lini topib ketishiga xizmat qiladi.
Eslatib o'tamiz, may oyida Mbappe PSJ bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirgandi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik futbolchining yangi kelishuvga ko'ra Parij klubidagi maoshi yiliga 93 million evroni tashkil qiladi va bu uni dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantiradi.



