Mbappe “Renn”ga qarshi maydonga tusha oladimi?

6 noya 2020, 09:11
PSJ yetakchisi bo'yicha ma'lumot berildi.

Qayd etilishicha, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1 10-turidan o'rin olgan, 8 noyabrga rejalashtirilgan “Renn”ga qarshi bahsni jarohati sabab o'tkazib yuboradi. Futbolchi hali jarohatidan tiklanishga ulgurmagan.

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli hujumchi jarohat sabab YCHL guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan “Leyptsig”ga qarshi o'yinni (1:2) ham o'tkazib yuborgandi.

Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 8 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC