Mbappe: "Pullarim ko'p, ortiqchasini nima qilaman?"

Mirjalol Normatov
12 okt 2018, 20:44
PSJ va Fransiya termasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2018da berilgan barcha mukofot pullarini xayriya ishlariga berib yuborganini ma'lum qildi.

"Men endi tekinga ham o'ynasam bo'laveradi (kuladi). Men JCHda mamlakatimiz g'ururini himoya qildim. Busiz ham juda katta mablag' ishlab topaman, bu juda ham ko'p. Shu boisdan ortiqchasini kerakli odamlar bilan bo'lishaman. Ko'pchilik insonlar pulga muxtoj. Kimning imkoniyati etsa ko'proq hayriya ishlariga bosh qo'shib turishi tarafdoriman. Bu ularning hayotini emas, vijdonini o'zgartiradi. Hayriya ishlarida qatnashish menga olam-olam quvonch beradi", - dedi Mbappe.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Time