Mbappe PSJ tarixidagi to'purarlar orasida top-5ga kirdi

Alisher
21 noya 2020, 14:38
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionati doirasidagi "Monako" (2:3)ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

21 yoshli forvard uchun bu gollar PSJ tarkibidagi 98-99-gollar bo'ldi. Mbappe shundan so'ng klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar orasida beshinchi o'ringa ko'tarildi.

Undan oldinda Dominik Roshto (100), Pedru Pauleta (109), Zlatan Ibragimovich (156) va Edinson Kavani (200) bor.

Mbappe PSJda 2017 yilning yozidan beri o'ynaydi. Forvard joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Stats Foot