Mbappe kelasi yili "Liverpul"ga o'tishi mumkin

Alisher
15 sen 2020, 15:17
"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Kilian Mbappe 2021 yilning yozida "Liverpul"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda ispan nashri xabar bermoqda. Mersisaydliklar JCH g'olibini qo'lga kiritish uchun Firmino-Salax-Mane triosidan kimnidir sotishlari kerak.

Agar Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirmasa, angliyaliklar unga asosiy da'vogar sifatida qarashadi. Agar francuzning transferi amalga oshmasa, e'tibor "Borusiya" o'yinchisi Jeydon Sanchoga qaratiladi.

21 yoshli Mbappe o'tgan mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 5ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo