Mbappe: "Guruhdan chiqa olmaslik PSJ uchun fojia bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
29 noya 2018, 16:58
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur o'yini haqida (2:1) fikr bildirdi.

"Guruhimizdagi hech bir jamoa Belgradda g'alaba qozona olmadi, shunday ekan bizga qiyin bo'ladi. Bor kuchimizni ishga solishimiz kerak. "Liverpul" ustidan qozongan bunday g'alabamizdan so'ng, guruhdan chiqa olmasak, bu haqiqiy fojia bo'ladi.

Ushbu o'yin vazifamizni osonlashtirdi. Bunday bahslarda nimaga qodirligimizni ko'rsatdik. "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alabadan mamnunmiz va boshlangan ishni Belgradda yakunlab qo'ymoqchimiz. Hech qanday havotir yo'q, o'z kuchimizga ishonamiz" - deydi Mbappe.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe