

"Sent-Eten" bilan bo'lib o'tgan Fransiya kubogi finali(1:0)da jarohatlangan 21 yoshli fransiyalikning tiklanish jarayoni kutilganidan tezroq daovm etyapti.
Mbappe qarindoshlaridan biri hujumchining "Atalanta" bilan o'yinda ishtirok etish ehtimoli 90 foizga baholanayotganini oshkor qilgan, deb yozdi L’Équipe nashri.

Avvalroq, Mbappe uch haftada sog'ayishi haqida xabar berilgandi.
"Atalanta" va PSJ o'rtasidagi Yevropa chempionlar ligasining chorak final o'yini 12 avgustga belgilangan. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi.



