Mbappe Anrining YCHLdagi rekordini yangiladi

Aziz Tukhtamuradov
26 okt 2023, 08:03
PSJ futbolchisi Kilian Mbappe Terri Anrining Chempionlar ligasidagi rekordini yangiladi.

UEFA rasmiy saytining ma'lum qilishicha, Mbappe YCHLdagi uy o'yinlarida ketma-ket sakkizta o'yinda gol urgan fransiyalik birinchi futbolchi bo'ldi. U bungacha 7 ta gol urgan Terri Anridan o'tib ketdi. 

Eslatib o'tamiz, PSJ kecha YCHL 3-turi doirasida "Milan"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Mbappe ushbu o'yinda gol muallifiga aylandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA