Mbappe Anriga yetib oldi

Sherzod Nurmatov
6 sen 2025, 16:59
Hujumchi Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi safida JCH-2026 saralashi doirasidagi Ukrainaga (2:0) qarshi o'yinda gol urdi.

Endi "Real" hujumchisida terma jamoa safida 51 ta gol bor va u bu ko'rsatkich bo'yicha Terri Anriga yetib oldi.

Fransiya terma jamoasi safida gollar soni bo'yicha yetakchi – Olive Jiru (57).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN SPORTS