Maykl Chyorch: "Agar Keyrush O'zbekistonga borsa, bundan faqat yutasizlar"

Xayrulla Xoliqov
5 may 2018, 15:55
Kecha bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi-2019 qur'a tashlash marosimida bir qator OAV xodimlari ham ishtirok etdi.

Osiyo futbolini anchadan beri turli saytlarda yoritib keladigan gonkonglik jurnalist Maykl Chyorch qur'adan keyin O'zbekiston terma jamoasi haqida fikrini bildirdi.

- "O'zbekiston terma jamoasini doim hurmat qilganman. Sizlarda o'yin uslubi yaxshi, asosiy g'irromlik yoki asabbuzarlik yo'q. To'g'ri, bazan omad kelmay turadi. Terma jamoaga yangi bosh murabbiy izlanayotganidan ham xabarim bor. Agar Karlush Keyrush kelsa, bundan faqat yutasizlar. Chunki u juda kuchli mutaxassis."

- "Bilishimcha, hozir Keyrush bilan Eron futbol federatsiyasi o'rtasida muammo yuzaga kelgan. Federatsiya murabbiyga olti oylik shartnoma taklif qilib Osiyo Kubogida ham olib qolmoqchi. Lekin Keyrush to'rt yillik shartnoma bo'lsa qolaman deyapti. Shu bois vaziyat chigal. Ammo O'zbekistonga Bert van Marveyk kelmasa kerak. Chunki u Saudiya Arabistonida ishlab ko'p pul topdi va jahon chempionatida Avstraliyani boshqarganidan so'ng faoliyatini tugatmoqchi".

X.Xoliqov, Dubaydan maxsus.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif