
Mazkur xalqaro musobaqada ishtirok etadigan "Paxtakor" yoshlar jamoasi turnirga ayni paytda jiddiy suratda tayyorgarlik ko'rmoqda. Ilhom Mo'minjonov boshqaruvidagi jamoaning ro'yxatiga 1994 yilda tug'ilgan to'rt nafar futbolchi kiritilgan. E'tiborlisi ularning orasida Abbos Maxstaliev bilan Temur Hakimov ham bor. O'z vaqtida o'smirlar terma jamoasi tarkibida birga ajoyib tandem tashkil etgan ushbu futbolchilar endilikda Italiyada kechadigan turnirda "Paxtakor" sharafini himoya qiladi.