

Yevropada mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu qo'lga kiritdi.
55 nafar hakamning 40 nafari "Qirollik klubi" hujumchisi uchun ovoz bergan. "Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmann 8 ta, "Real" yarim himoyachisi Garet Beyl esa 7 ta ovozga ega bo'lishdi.
Hakamlar UEFAga a'zo 55 mamlakatdan tanlandi (har bir mamlakatdan bir nafar). Hakamlar faqat jurnalistlardan iborat edi. Jurnalistlar maxsus elektron tizim orqali jonli efirda ovoz berishdi.


