Matyuidi jarohat oldi. “Arsenal” futbolchisi esa Fransiya terma jamoasiga chaqirildi

12 noya 2019, 08:44
“Yuventus” futbolchisi jarohatga yo'liqdi.

“Milan”ga qarshi bahsda Blez Matyuidi qovurg'asini jarohatlab oldi. Natijada u Fransiya terma jamoasi bilan FIFA kunlari doirasida bahslarga qatnasha olmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga esa “Arsenal” futbolchisi Matteo Genduzi terma jamoaga chaqirildi.

Francuzlar Evro-2020 sarlashi doirasida Moldova (14 noyabr) hamda Albaniya (17 noyabr) termalariga qarshi bahs olib boradi.

Genduzi hali terma jamoada debyut qilmadi. U joriy mavsum “Arsenal” safida 16 ta o'yinda qatnashib, 3 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD