Matich "Chelsi"ning liga Kubogidagi g'alabasini nisholayotib shikastlandi

Aslanov Jasurbek
5 mar 2015, 11:41
"Chelsi" yarim himoyachisi Nemanya Matich o'z jamoasining liga Kubogidagi muvaffaqiyatini nishonlayotib shikastlandi.

Bu haqda "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Vest Xem"ga qarshi o'yindan (1:0) so'ng ma'lum qildi.

"Matich shikastlangan va xatto diskvalifikaciyasiz ham bugun maydonga tusha olmas edi. U "Uembli"da g'alabani nishonlay turib, oyog'ini qayirib oldi. U shanba kuni mashg'ulotlarga qaytadi va PSJ bilan o'yinga maydonga tushishi mumkin. Hozir juda charchaganmiz va ikki kunlik tatilga haqlimiz" - deydi Mourinyo.

"Chelsi" va PSJ o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi 11 mart kuni Londonda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 1:1 hisobida yakunlangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com