Mata "Barselona" klubiga o'tish niyatida

7 may 2019, 20:10
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata "Barselona" klubi safiga o'tishni xohlamoqda.

31 yoshli ispaniyalik yozda erkin agentga aylanadi. U MYUning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi. Mata yanvarda "Barselona" bilan muzokara o'tkazgan, lekin bu ish mavsum yakunlanganidan so'ng hal etilishi ma'lum qilingandi. 

Futbolchi 2+1 ko'rishidagi shartnoma tuzishni va yiliga 5 million evro maosh olishni xohlamoqda. 

Joriy mavsum APLda Mata 22 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Diary Sport